O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 9 yanvar kuni tasdiqlangan "Davgeodezkadastr" qo'mitasi rahbariyatining 2019 yilning birinchi yarim yilligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul kunlari o'tkazish to'g'risidagi reja grafigiga muvofiq, joriy yilning 22 fevral kuni soat 10:00 da Navoiy shahrida Qo'mita raisi o’rinbosari Mamatov Akmal Alisherovichning jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo`lib o`tadi.
Mazkur uchrashuvda jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlari ajratish, kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr xujjatlarini tayyorlashda davlat xizmatlari uchun to'lovlar hamda yer va kadastr sohasiga oid muammolar va takliflar bo'lsa, sayyor qabulga tashrif buyurib, muloqot o'tkazishingiz mumkin.
Sayyor qabulda qatnashish istagida bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar 2019 yil 22 fevral kuni soat 10:00 da Navoiy shahar Hokimyati majlislar zaliga tashrif buyurishlari mumkin.
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER клавишасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.
« Январ 2021 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Ду | Се | Чо | Па | Жу | Ша | Як |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |